“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” Respublika tanlovida ishtirok eting. Tanlov ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilinayotgan va yuqori professional darajada tayyorlangan eng yaxshi materiallarni aniqlash hamda ularning mualliflarini taqdirlash maqsadida tashkil etilmoqda. Tanlovda oliy ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilari va talabalar qatnashish uchun ariza berishlari mumkin.
Talabgorlar har yili may oyining 1-10-sanalarida (10 kun muddatda) ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan 1 ta materialni elektron yoki bevosita Tashkiliy ishchi guruhga tanlovda ishtirok etish uchun ariza bilan birga taqdim etadi. Topshirilgan materiallar so‘nggi bir o‘quv yili mobaynida birinchi marotaba e’lon qilingan bo‘lishi zarur.
G‘oliblar quyidagi (daromad solig‘i bilan qo‘shib hisoblangan) miqdorda pul mukofotlari va diplom bilan taqdirlanadi:
1-o‘ringa - bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida;
2-o‘ringa - bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida;
3-o‘ringa - bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida.
Qo‘shimcha ma’lumotlar: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy tadqiqotlar bo’limi 322-xona.
Telefon raqami: +998 66 240 67 85 (Telegram https://t.me/n_xoliqov )