Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

19.03.2026

E’LON

Misrdagi Luksor universiteti (Luxor University) 2026-yil aprel oyida Madaniy merosni boshqarish va barqaror turizm bo‘yicha bahorgi maktab tashkil qilmoqda. Ushbu dastur doirasida akademik mashg‘ulotlar hamda Luksor shahrining qadimiy sayyohlik markazlariga tashriflar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bahorgi maktab davri 19-24 aprel kunlari (6 kun) davomida nazariy va amaliy dala ishlarini o‘z ichiga oladi.

Yo‘nalishlar: Turizm, Madaniy meros, Arxeologiya

Til: Ingliz tili

Dasturda qatnashish narxi 300 AQSH dollari bo‘lib quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- Luksor shahridagi turist-klass mehmonxonasida yashash va nonushta qilish

- Mashg‘ulot materiallari;

- Luksor universiteti tomonidan sertifikat;

- Luksor shahri bo‘ylab mahalliy transport.

Ishtirokchi tomonidan qoplanadigan xarajatlar:

- Madaniy va arxeologik obyektlarga kirish biletlari;

- Xalqaro aviachiptalar;

- Viza to‘lovlari;

- Shaxsiy xarajatlar.

Bahorgi maktabda yuqoridagi yo‘nalish talabalari hamda o‘qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlar universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘limi bilan bog‘lanishlari lozim.

iro@univ-silkroad.uz +998913182020 (Orzubek Inoyatov)