Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Yoşlarda halollikni şakllantiriş” va “Biz yoşlar korrupsiyaga qarşimiz” mavzularida tarğibot seminari taşkil etildi

02.11.2026 1 daq o'qish 50

“Yoşlarda halollikni şakllantiriş” va “Biz yoşlar korrupsiyaga qarşimiz” mavzularida tarğibot seminari taşkil etildi

2026-yil 30-oktabr kuni universitet talabalari iştirokida “Yoşlarda halollikni şakllantiriş” va “Biz yoşlar korrupsiyaga qarşimiz” mavzularida tarğibot seminari taşkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi yoşlar örtasida halollik, poklik, adolat va mas'uliyat kabi yuksak ma'naviy fazilatlarni şakllantiriş, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida tuşunça beriş hamda talabalarning korrupsiyaga qarşi murosasiz munosabatini rivojlantirişdan iborat böldi.

Tadbir davomida iştirokçilarga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti, ta'lim sifati va insonlar örtasidagi işonçga salbiy ta'siri haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Şuningdek, ta'lim jarayonida akademik halollik tamoyillariga rioya qiliş, imtihonlarda adolatli böliş, köçirmaçilik va boşqa nohalol xatti-harakatlarga yöl qöymaslik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Seminar davomida talabalar öz fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşib, mavzu yuzasidan savollar berdilar. Oçiq muloqot va fikr almaşiş jarayonida korrupsiyaga qarşi kuraşişda har bir yoşning şaxsiy mas'uliyati muhim ekanligi ta'kidlandi.

Galereya

Ulashish: