Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizda birinchi bosqich talabalari uchun “Tanishtiruv haftaligi” doirasida “Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot” kafedrasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

11.09.2026 1 daq o'qish 15

Universitetimizda birinchi bosqich talabalari uchun “Tanishtiruv haftaligi” doirasida “Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot” kafedrasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Taqdimot davomida talabalarga kafedraning faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, professor-o‘qituvchilarning malaka va tajribasi, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalarga xalqaro biznes, tadbirkorlik, zamonaviy boshqaruv, kreativ industriyalar va kreativ iqtisodiyot sohalarida bilim hamda ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Kafedra o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy va amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, talabalarning kelgusidagi akademik va kasbiy rivojlanishi yuzasidan fikr va tavsiyalarini bildirdilar.

Tadbir davomida “Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot” kafedrasining zamonaviy iqtisodiyot talablariga javob beradigan, xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, innovatsion fikrlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, kreativ iqtisodiyot yo‘nalishlarini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Galereya

Ulashish: