O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Germaniya Tadqiqot Fondi (DFG) Germaniya va Markaziy Osiyo tadqiqotchilarini UDIF-HAW dasturi doirasida Markaziy Osiyoda tadqiqotlar tarmog‘ini rivojlantirish tashabbusida ishtirok etishga taklif qiladi.
Ushbu tashabbus xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, bilim almashinuvi va Germaniya Amaliy Fanlar Universitetlari (UAS) hamda Markaziy Osiyo institutlari o‘rtasida qo‘shma tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Germaniya Tadqiqot Fondi (DFG - Deutsche Forschungsgemeinschaft) tomonidan Oʻzbekiston uchun quyidagi yoʻnalishlarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan:
🔹 Raqamlashtirish va aqlli texnologiyalar
🔹 Barqaror shaharsozlik va aqlli shaharlar
🔹 Qayta tiklanadigan energiya va resurslarni boshqarish
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
📌 Germaniya Amaliy Fanlar Universitetlari (UAS) tadqiqotchilari
📌 Markaziy Osiyo universitetlari va ilmiy institutlarining tadqiqotchilari va akademik mutaxassislari
Arizalar topshirish muddati: 2025-yil 15-aprel
Tadqiqotchilar o‘z ilmiy profillari, mavjud loyihalari va hamkorlik g‘oyalarini taqdim etishga taklif etiladi. Tanlab olingan ishtirokchilar o‘z ishlarini namoyish etish va potensial ilmiy hamkorlar bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📢 Ilmiy hamkorlik va tadqiqotlar rivoji yo‘lida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Qo‘shimcha ma’lumot va loyiha shakllari uchun havola:
🔗 DFG e’lonlari (https://www.dfg.de/en/news/news-topics/announcements-proposals/2025/ifr-25-)