09.09.2026
1 daq o'qish
114
Tanishtiruv haftaligi: Turizm kafedrasi taqdimoti
Bugun universitetimizda birinchi bosqich talabalari uchun “Tanishtiruv haftaligi” doirasida Turizm kafedrasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida talabalarga kafedraning faoliyati, professor-o‘qituvchilari, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, kafedra o‘qituvchilari talabalar bilan o’z tajribalari va fikrlarini ulashdilar.
Tadbir davomida Turizm kafedrasining universitet ta’lim jarayoni, ilmiy faoliyati va turizm sohasini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi.