Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Iqtidorli talabalar dunyo bo‘ylab qator xalqaro dasturlarda faol ishtirok etmoqda

23.07.2026 1 daq o'qish 112

Iqtidorli talabalar dunyo bo‘ylab qator xalqaro dasturlarda faol ishtirok etmoqda

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida o‘z bilim va tajribalarini oshirib, yurtimiz nomini munosib ravishda yuksaltirmoqda.

Xususan, universitetning Turizm yo‘nalishidagi bir guruh  talabalari Yaponiyaning nufuzli Vakayama universitetida hamda Xitoyning Shanghai Business School tomonidan tashkil etilgan “International Summer School Program – International Workshop on Tourism and Hospitality Management” xalqaro yozgi maktab dasturida faol ishtirok etmoqda. Mazkur dastur dunyoning yetakchi mutaxassislarini bir joyga to‘plab, turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi ilg‘or tajribalar almashinuviga keng imkoniyat yaratmoqda.

Shuningdek universitet talabalari Germaniya, Bolgariya va Turkiya kabi davlatlarda "Work and Travel” dasturi orqali nafaqat kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda, balki amaliy tajriba ham orttirmoqda.

Ushbu xalqaro faoliyat universitetining global ta’lim maydonidagi o‘rni yanada mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. O‘qituvchilar va talabalar orttirgan yangi bilim, tajriba hamda aloqalarni kelgusida respublika turizm salohiyatini rivojlantirishga samarali tadbiq etishlari shubhasiz.

Galereya

Ulashish: