Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

TALABALARNI TALABALAR TURAR JOYIGA JOYLASHTIRISH ISHLARI

03.09.2026 1 daq o'qish 360

TALABALARNI TALABALAR TURAR JOYIGA JOYLASHTIRISH ISHLARI

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari doirasida talabalarni Talabalar turar joyiga joylashtirish ishlari amalga oshirildi.

Universitet tyutorlari hamda Talabalar turar joyi pedagogi hamkorligida talabalarni kutib olish, tegishli ro‘yxatlar asosida xonalarga taqsimlash va joylashtirish ishlari tashkil etildi.

Jarayon davomida talabalarga ajratilgan xonalar ko‘rsatilib, Talabalar turar joyidagi mavjud sharoitlar, ichki tartib-qoidalar hamda yashash tartibi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, joylashtirish jarayonining tartibli va tizimli tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Ulashish: