Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Grant asosida tahsil olgan xorijlik magistrlarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi

23.07.2026 1 daq o'qish 89

Grant asosida tahsil olgan xorijlik magistrlarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi

Bugun "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida grant asosida tahsil olgan xorijlik magistratura bitiruvchilariga diplom topshirishning tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Malayziya, Indoneziya, Tojikiston, Xitoy, Misr, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston va Hindistondan kelgan magistratura bitiruvchilari o‘z diplomlarini tantanali ravishda qabul qilib oldilar.

Tadbir davomida universitet rektori Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullayevich barcha bitiruvchilarni o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusidagi kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan so‘ng rektor tomonidan har bir bitiruvchiga magistrlik diplomi topshirildi.

Diplom topshirish marosimida universitetning Global ta’lim bo‘limi, Ofis registratori bo‘limi, O‘quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi hamda boshqa tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ham ishtirok etdilar.

Tadbir ko‘tarinki va samimiy ruhda o‘tdi. Bitiruvchilar universitet rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilarga sifatli ta’lim, yaratilgan qulay sharoitlar va doimiy qo‘llab-quvvatlov uchun o‘z minnatdorliklarini bildirdilar. Marosim yakunida esdalik suratlari olindi.

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi bitiruvchilarning universitetda olgan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatli qo‘llashlariga hamda o‘z mamlakatlari va xalqaro miqyosda turizm sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildiradi. Bitiruvchilarga kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Galereya

Ulashish: