Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

TALABALARIMIZ XALQARO YOZGI MAKTAB DASTURIDA

16.07.2026 1 daq o'qish 80

TALABALARIMIZ XALQARO YOZGI MAKTAB DASTURIDA

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari Pekin shahar universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro yozgi maktab dasturida faol ishtirok etmoqda.
2026-yil 13–27-iyul kunlari davom etayotgan dastur doirasida talabalar Xitoy tili, tarixi va madaniyatini o‘rganish bilan birga ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar hamda madaniy tadbirlarda qatnashmoqda. Shuningdek, ular Pekinning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlariga tashrif buyurib, Xitoyning boy madaniy merosi va zamonaviy taraqqiyoti bilan yaqindan tanishmoqda.
Xalqaro yozgi maktab dasturi talabalarga dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan tengdoshlari bilan tajriba almashish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.

Galereya

Ulashish: