Masofaviy ta’lim shakli birinchi kurs talabalari uchun Tanishtiruv haftaligi doirasida seminar tashkil etildi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Raqamli ta’lim texnologiyalari va masofaviy ta’lim markazi tomonidan masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etilgan birinchi kurs talabalari uchun Tanishtiruv haftaligi doirasida tanishtiruv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Dendev Badarch, Raqamli ta’lim texnologiyalari va masofaviy ta’lim markazi boshlig‘i Sodiq Matlabov, shuningdek, Abror Raximov va Muhammad Safarov tomonidan talabalarga universitet faoliyati, o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi, masofaviy ta’limning o‘ziga xos jihatlari, elektron ta’lim platformalari hamda LMS tizimidan foydalanish bo‘yicha zarur ma’lumot va tavsiyalar berildi.
Seminar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.