Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Kredit haftaligi” doirasida birinchi kurs talabalari uchun seminarlar tashkil etildi  

08.09.2026 1 daq o'qish 74

“Kredit haftaligi” doirasida birinchi kurs talabalari uchun seminarlar tashkil etildi  

2026-yil 8-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Kredit haftaligi” doirasida 1-kurs talabalari uchun maxsus mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida yangi talabalarga universitetdagi akademik tizim, ta’lim jarayoniga qo‘yiladigan talablar, ichki tartib-qoidalar va muvaffaqiyatli ta’lim olish uchun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, fanlarni tanlash va ro‘yxatdan o‘tish, kreditlarni to‘plash, baholash mezonlari, mustaqil ta’lim hamda elektron ta’lim platformalaridan foydalanish tartibi tushuntirildi.

Mazkur tadbir yangi talabalarni universitetning akademik muhitiga moslashtirish va ularning ta’lim jarayonini samarali boshlashlari uchun xizmat qiladi.

Galereya

Ulashish: