20.07.2026
1 daq o'qish
74
"Ipak yo‘li" universitetida tyutorlarning yillik hisobotlari qabul qilindi
"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda mas’ullar tomonidan universitet tyutorlarining bir yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan hisobotlari qabul qilindi. Jarayonda tyutorlarning o‘quv yili davomida talaba-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish va muammolarini hal etish, shuningdek, universitetda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy hamda profilaktik tadbirlardagi ishtiroki atroflicha tahlil qilindi. Yakunda erishilgan natijalar baholanib, yangi o‘quv yili uchun talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.