Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida "Birodar shaharlar" xalqaro forumida faoliyat yuritadigan volontyor talabalar ishtirokida tashkiliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.07.2026 1 daq o'qish 79

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida "Birodar shaharlar" xalqaro forumida faoliyat yuritadigan volontyor talabalar ishtirokida tashkiliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov hamda universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nargiza Abduvaxidova volontyor talabalarga forumni yuqori saviyada tashkil etish, mehmonlarni munosib kutib olish, xizmat madaniyati, muloqot etikasi hamda volontyorlik faoliyatidagi mas’uliyat va intizom yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berdilar.

Shuningdek, forum davomida har bir volontyorning mas’uliyati, vazifalari hamda xalqaro mehmonlar bilan ishlash jarayonida universitet va mamlakatimiz nufuzini munosib namoyon etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida volontyor talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va forumni muvaffaqiyatli o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Galereya

Ulashish: