Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi

Kafedra

Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi

"Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari" kafedrasi 2024-yil sentabr oyida "Ipak Yo‘li" nomidagi Xalqaro Turizm va Madaniy Meros Universitetida tashkil etilgan. Kafedra tarkibiga tarjima sohasida malaka oshirish va stajirovka o‘tab, o‘qituvchilik va tarjimonlik faoliyatini muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirayotgan yetakchi til kafedralari o‘qituvchilari kiritilgan. Kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b. Akramova Taxmina Kamiljonovna rahbarlik qiladi. O‘qituvchilarning ilmiy qiziqishlari, asosan, kommunikatsiya nazariyasi, lingvokulturologiya va tarjima didaktikasi sohalariga qaratilgan. Kafedrada, ayniqsa, ilmiy, badiiy va boshqa adabiyotlarni o‘zbek/ rus tillaridan ingliz, xitoy, koreys va boshqa xorijiy tillarga hamda jahon tillaridan ona tiliga tarjima qilishga e’tibor qaratiladi. O‘rganilayotgan tillarda tarjimashunoslik nazariyasining muammolari va ularning amaliy yechimlari tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan amalga oshiriladi. Zamonaviy tarjima nazariyasi va amaliyotida tarjimaning umumiy tendensiyalari, turlari va usullari, tarjimaning rivojlanish bosqichlari, leksik-semantik va grammatik moslik toifalari, janrlar bo‘yicha tarjima turlari va ularda qo‘llaniladigan usullar, tillarning lingvokulturologik va lingvogeografik xususiyatlari o‘rganiladi. Qator o‘qituvchilar C1 darajadagi xalqaro til sertifikatlariga ega. Kafedrada xorijiy mutaxassislar ham ilmiy va pedagogik faoliyat olib boradilar. Ta’lim sifati nafaqat xodimlarning yuqori malakasi, balki yaxshi moddiy-texnik baza orqali ham ta’minlanadi. Talabalar og‘zaki tarjima bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan kompyuter sinfida o‘qitiladi. U sinf tinglov qurilmalari, litsenziyalangan elektron lug‘atlar bilan ta’minlangan va cheksiz internetga ega. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan "Xitoy tilidagi tarjimonlar ko‘prigi" va "Men ham tarjimonman" nomli to‘garaklar tashkil etilgan.