Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Xalqaro hamkorlik bo'limi

Bo'lim

Xalqaro hamkorlik bo'limi

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetixalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda turli xalqaro loyihalarda faol qatnashish orqali o‘zining global pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda. Bizning Xalqaro hamkorlik bo‘limimiz universitetimizning xalqaro aloqalarini rivojlantirishga mas’ul bo‘lib, ta’lim va ilm-fanning globallashuvi jarayonida faol ishtirok etadi.

🎯Bizning asosiy vazifalarimiz:

  • Universitetning xalqaro reytingini oshirish uchun strategik hamkorliklarni kengaytirish;

  • Dunyo miqyosidagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli va barqaror hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;

  • Xalqaro talaba va o‘qituvchilarni jalb qilish, ularning adaptatsiyasi va integratsiyasini ta’minlash;

  • Akademik mobillikni (almashinuv dasturlari, qisqa muddatli o‘quv kurslari, yozgi maktablar) tashkil qilish va rivojlantirish;

  • Ilmiy grantlar va xalqaro loyiha tanlovlarida ishtirok etish uchun muvofiqlashtiruvchi xizmatlarni taqdim etish;

  • Madaniyatlararo muloqot muhitini shakllantirish va xalqaro tajriba almashinuvini qo‘llab-quvvatlash.


🤝 Hamkorlik shakllari:

“Ipak yo‘li” universiteti quyidagi yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:

1. Akademik hamkorlik:

  • Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida qo‘shma ta’lim dasturlari (dual degree programs);

  • Kreditlarni tan olish va uzviylashtirish asosidagi talabalar almashinuv dasturlari;

2. Ilmiy-tadqiqot hamkorligi:

  • Ilmiy grantlar, xalqaro laboratoriyalar va qo‘shma ilmiy loyihalar;

  • Hamkor universitetlar bilan birgalikda ilmiy maqolalar nashr qilish;

  • Xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va forumlarda ishtirok etish.

3. Xalqaro akademik harakatchanlik:

  • Talabalar almashinuv dasturlari (Erasmus+, Mevlana, ORHUN, DAAD va boshqa);

  • O‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning qisqa muddatli dars berish yoki malaka oshirish dasturlari;

  • Ma’muriy xodimlar almashinuvi va malaka oshirish kurslari.

4. Madaniy va ijtimoiy loyihalar:

  • Yozgi maktablar, xalqaro madaniyat kunlari, tillar festivali;

  • Madaniy meros, turizm va san’at sohalarida xalqaro volontyorlik dasturlari;

  • Global fuqarolik va xalqaro diplomatiya mavzularida trening va seminarlar.