Davlat tiliga bağişlangan inşolar tanlovi ğoliblari aniqlandi
20-oktabr kuni universitetimiz “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi taşabbusi bilan talabalar örtasida “Özbek tilida yozilgan eng yaxşi inşo” tanlovi taşkillashtirildi.
Tanlovdan közlangan maqsad yoşlarning özbek tiliga bölgan hurmatini yuksaltirish, yozma savodxonligini sinovdan ötkazish hamda davlat tiliga e’tiborni yanada kuçaytirishdan iborat böldi.
Unda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili” hamda “Turizm va mehmondöstlik” ta’lim yönalişlari talabalari faol iştirok etib, özlarining ijodiy salohiyati va ona tilimizga bölgan ehtiromini namoyon etdilar.
Hakamlar hay’ati qaroriga köra, tanlovning quyidagi iştirokçilari ğolib deb topildi:
1-örin — Erkinova Çinora, TTE-126 guruhi talabasi;
2-örin — Mirzayeva Sabina, TH-426 guruhi talabasi;
3-örin — Toyirova Ruxşona, TTE-126 guruhi talabasi.
Ğoliblar diplom va sovğalar bilan taqdirlandilar.
Mazkur tanlov yoşlar qalbida ona tilimizga bölgan mehr va ehtiromni mustahkamlash, milliy özlikni anglaş hamda boy madaniy merosimizni kelajak avlodlarga yetkazişga xizmat qiladi.
#Ilmbilanerishilganyutuq