Universitet faoliyati
02.09.2026
Samarqand shahri 67 ko'rildi
Turizm rivoji jahon darajasiga ko‘tarilmoqda
“Xalq so‘zi” gazetasining 31-avgust kungi sonida universitetimiz rektori Muxsinjon Xolmuxamedovning “Turizm rivoji jahon darajasiga ko‘tarilmoqda” nomli maqolasi chop etildi.
Maqolada Prezidentimizning Xivada tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti mazmun-mohiyati tahlil qilinib, mamlakatimizda, xususan, Samarqand viloyatida turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi loyihalar va istiqbolli rejalar yoritilgan. Maqolada turizmning mamlakat iqtisodiyoti va hududlar taraqqiyotidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.
Universitet professor-o‘qituvchilariga mazkur maqolani o‘qib chiqish tavsiya etiladi.
#Maqola