
“Hunarmandchilik va amaliy san’at” — qo‘shma ikki diplomli bakalavriat dasturi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xitoyning Guilin Tourism University universiteti bilan hamkorlikda ushbu yo‘nalish bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturiga qabul e’lon qiladi.
Ta’lim dasturi haqida:
Ta’lim darajasi: bakalavriat
Ta’lim muddati: 4 yil (240 ECTS)
Ta’lim shakli: kunduzgi, to‘lov-kontrakt asosida
Ta’lim tili: ingliz tili
Yillik kontrakt to‘lovi: 7 500 000 so‘m
Bitiruvchilarga: ikkita bakalavr diplomi
Ta’lim bosqichlari:
1-kurs — Samarqand, O‘zbekiston
2–3-kurslar — Guilin, Xitoy
4-kurs — Samarqand, O‘zbekiston
Xalqaro til sertifikati talab etilmaydi, biroq sertifikatga ega abituriyentlarga qabul jarayonida ustunlik beriladi.
Hujjat topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 20-oktabr.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://admissions.univ-silkroad.uz
Batafsil ma’lumot:
+998 66 240 67 70
+998 66 240 67 86
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy.