Четверг, 01 июня 2023 17:26

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Dsc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminarda dissertatsiyalar muhokamasi to‘g‘risida

2023-yil 2-iyun kuni soat 15:00da (universitet binosi 108-xona) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda:

1. “Ipak yo‘li’ turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadqiqotchisi Beknazarov Behzod Baxtiyor o‘g‘lining 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Turizm sohasini barqaror rivojlantirishda madaniy meros boyliklaridan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi;

2. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi Xolbayev Shaxriyor Abdullayevichning 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari)” ixtisosligi bo‘yicha “Turizm sohasida iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusidagi falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalari muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Контакты

г.Самарканд, Узбекистан, 140104, Университетский бульвар 17

Социальные сети