Bugungi kunimizni xushxabar bilan boshlaymiz. 2025 yil 14-iyun kuni Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetining Konfutsiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan navbatdagi “Xitoy tili ko‘prigi” musobaqasi o‘tkazilib, unda ko‘plab iqtidorli o‘qituvchi va talabalar taqdirlanishdi.
Universitetimiz “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi o‘qituvchisi Hamdamova Charos ham ushbu tanlovda g‘olib sifatida e’tirof etilib, unga Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan “Ta’lim a’lochisi” faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘asi tantanali ravishda topshirildi.