“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, universitet talaba-yoshlari uchun “Kino kechasi” tashkil qilindi.
Kino kechasida talaba-yoshlar universitet hovlisida tashkil qilingan ekranda ochiq osmon ostida yoshlar hayotidan hikoya qiluvchi ajoyib kinofilmni tomosha qilishdi.