Bugun, 18-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiуeva va Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixolog M.Abbasova tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Talaba qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazish, zo‘ravonlik sodir etish holatlarining oldini olish”ga qaratilgan psixologik tadbir tashkil etildi.
Unda so‘zga chiqqan M.Abbasova xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish davlat siyosati darajasidagi masala ekanligi, bu borada qabul qilingan qonunlar, jumladan, universitetda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Mavzuga doir videorolik namoyish etildi.
O‘z navbatida, psixolog D.Turdiуeva jamiyatimizda uchrayotgan ushbu xunuk illatning psixologik jihatlari haqida so‘z yuritib, undan chiqib ketish, qayta tiklanish masalasiga e’tibor qaratdi.
Tadbir so‘nggida o‘tkazilgan ajoyib trening barcha ishtirokchilarga motivatsiya berib, xushkayfiyat ulashdi.