O‘quv-seminari davomida ishtirokchilar jamoat xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy muammolari va tendensiyalarini muhokama qildilar. Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish, o‘qitishning innovatsion usullarini joriy etish, hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar bo‘yicha inspektori P.Xoliqulova, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti profilaktika inspektori Sh.Qurbonovlar tomonidan ishtirokchilarga zarur ma’lumotlar va tavsiyalar berildi.