Bugun 23-may kuni “Ipak yo‘li”turizm va madaniy meros xalqaro universiteti sport zalida May-sport oyligi munosabati bilan "Sportchi-yurt himoyachisi" shiori ostida sport musobaqalari tashkil qilindi.
Dastlab musobaqaning ochilishida mutasaddilar sportning inson salomatligidagi o‘rni va roli xususida gapirishdi. Shundan so‘ng talaba-yoshlar o‘rtasida sportning badminton, stol tennisi, shaxmat kabi turlarida o‘zaro bellashishdi.