Bugun 20-may kuni erta tongdan Samarqanddagi "Ipak yo‘li" xalqaro turizm markazida "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili" doirasida "Eco-Save Aral-2025", “Talaba-yugur” kabi shiorlar ostida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida ommaviy yugurish marafoni tashkil qilindi. Marafonda "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari ham faol ishtirok etishdi.