Bugun 14-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim dasturi doirasida "Turizmda taassurotlarni loyihalashtirish" mavzusida talabalarga sohadagi qiziqarli ma’lumotlarni yetkazish maqsadida onlayn ma’ruza tashkil qilindi. Ma’ruzani geografiya fanlari nomzodi, dotsent - Afanaseva Aleksandra Vladislavovna olib bordi. Notiq tomonidan turizm sanoatini rivojlantirish borasida aytilgan fikrlar va ma’lumotlar talabalar uchun juda foydali bo‘ldi.