Dastlab tadbirda mas’ullar tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi Prezident qarori bilan tashkil qilingan bo‘lib, uning maqsadi aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirishdan iborat ekanligi xususida to‘liq ma’lumot berildi. Shuningdek tadbirda universitetimiz Kopleans nazorati bosh mutaxassisi tomonidan korrupsiyaning jamiyat illatlaridan biri ekanligi, uning salbiy oqibatlari xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib talaba-yoshlarga zarur tavsiyalar berdi.