Professor Toni Zou Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurib, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Orol dengizi havzasi xalqaro innovatsiya markazi hamda Aral Sea Discovery Co., Ltd kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti professor-o‘qituvchilariga, mutaxassislarga “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishida ma’ruza qildi.
Professor Zou Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi direktori Baxitjan Xabibullaev bilan birga, tajriba maydonini ko‘zdan kechirib, Orol dengiziga mos o‘simlik turlari bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek prof. Zou Aral Sea Co., Ltd kompaniyasining Discovery bosh menejeri Tazabay Uteuliev bilan Orol dengizi bo‘yidagi Yurt Campda yashil iqtisodiy tajribalar o‘tkazish bo‘yicha rejalarni va ilmiy hamkorlik borasidagi loyihalarni muhokama qildi.