“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2024/2025-o‘quv yilining yakuniy bosqichida Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha), Menejment (turizm biznesini boshqarish), Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati va Amaliy tillar yo‘nalishlarda tahsil olayotgan 4-bosqich talabalarining bitiruv malakaviy ishlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Himoyalar hamkor tashkilotlarning tajribali mutaxassislari, universitetning tegishli kafedralari, tajribali professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislaridan iborat komissiya ishtirokida o‘tkazildi. Talabalar tomonidan taqdim etilgan ilmiy-amaliy ishlar turizmning zamonaviy yondashuvlar asosida targ‘ib etish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish, xalqaro marketing kabi dolzarb mavzularni o‘z ichiga oladi.