2025-yilning 19-23-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi, oliygoh psixologi, qabul va marketing bo‘limi boshlig‘i, professor-o‘qituvchilar bilan birga, jadval asosida viloyatdagi xususan Samarqand tumanidagi umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf qizlarini oliy ta’limga qamrab olish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda universitetimiz haqida ma’lumotlar berilib, videoroliklar namoyish qilindi.