Bugun 21-may kuni Xitoy Fanlar akademiyasi (CAS) vitse-prezidenti va Xitoy Kommunistik partiyasi (CPC) CAS yetakchi guruhining aʼzosi professor HE Hongping boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandga xususan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonlar dastlab universitet kampusida talabalarga yaratilgan imkoniyatlar hamda milliy liboslar va rasmlar galeriyasi bilan yaqindan tanishdi. Turizm akademiyasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa akademiyadagi turizm laboratoriyalari, kutubxonalar ularning hayratini oshirdi. Bugungi kunda universitetimizda xitoylik talaba-yoshlar turli yo‘nalishlarida ta’lim olishmoqda. Xitoy Fanlar akademiyasi (CAS) vitse-prezidenti va Xitoy Kommunistik partiyasi (CPC) CAS yetakchi guruhining aʼzosi professor HE Hongping университетимизда таълим олаётган xitoylik talabalar bilan ham yaqindan muloqot qildi.