O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 135-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Turkiyaning Pamukkale universiteti bir guruh olimlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurishdi.
Olimlar tashrif davomida Imom Buxoriy majmuasining qurilish jarayoni va buyerda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishishdi. Shundan so‘ng “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Pamukkale universiteti hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi olimlari ishtirokida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Payariq tumanining turizm salohiyati, ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari xususida fikralmashildi. Shuningdek, turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot mavzularini shakllantirib, magistratura va doktarantura bosqichlariga o‘rin ajratish masalasi ko‘rildi hamda ilmiy tadqiqotchilarni almashish haqida kelishib olindi. Tadbir davomida xorijlik mutaxassislar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, tinchlik-osoyishtalik hamda ijtimoiy barqarorlikni saqlash yoʻlida olib borilayotgan oqilona islohatlar, amaliy chora-tadbirlar bilan tanishdilar.