2025-yilning 28–30-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Heritage Turquoise 2025” nomli xalqaro konferensiyani o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mazkur tadbir muzeylar, kutubxonalar, arxeologiya, restavratsiya va madaniy turizm sohalarida innovatsion yondashuvlar, ilg‘or texnologiyalar hamda xalqaro tajriba almashinuvini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, sohaga oid yetakchi olimlar, mutaxassislar va amaliyotchi ekspertlarni bir joyga jamlaydi.
Konferensiya doirasida ilmiy ma’ruzalar, amaliy seminarlar, tajriba almashuv loyihalari, hamkorlik tashabbuslari hamda madaniy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Manzil: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand shahri, O‘zbekiston
Sana: 2025-yil 28–30-may
Barcha qiziquvchilarni ushbu nufuzli ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz.