Kuni kecha 19-may kuni ushbu kurslardan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga xalqaro sertifikatlar topshirildi. Xalqaro darajadagi sertifikatlarni topshirishga bag‘ishlangan tadbirda xorijlik xalqaro darajadagi trenerlar, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori D.Nasimov, Turizm akademiyasi direktori v.b. D.Narziqulov va boshqalar so‘z olib, ushbu kurs bitiruvchilariga topshirilgan sertifikatlarning ahamiyati xususida gapirishdi.
Ahamiyatlisi, 8 oy mobaynida ushbu kurs bitiruvchilariga Butunjahon turizm akademiyasi, Les Roches akademiyasi va xalqaro yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari dars berishdi. Bundan tashqari 2024–2025-o‘quv yilida pedagog kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan maxsus dasturlar ishlab chiqilib hayotga tatbiq qilindi. Ushbu ta’lim dasturlari xalqaro tajribaga asoslangan bo‘lib, turizm sohasi bo‘yicha o‘qituvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.