2025-yil 30-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yapon tilini o‘rganayotgan talabalar hamda Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti talabalari hamkorligida yapon milliy madaniyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — ikebana san’ati bo‘yicha workshop tashkil etildi. Tadbirda talabalar turli gullardan estetik jihatdan go‘zal kompozitsiyalar yaratishdi. Ushbu mashg‘ulot nafaqat ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, balki yapon madaniyatini chuqurroq anglashga, sabr-toqat, did va ichki uyg‘unlikni his qilishga yordam berdi. Workshop ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.