Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda “Science and innovation” kompaniyasi 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar va mutaxassislarning fan va innovatsiya sohasidagi yuqori natijalarini munosib ragʻbatlantirish maqsadida tanlov e’lon qiladi. Tanlov yo‘nalishlari:
1. Raqamlar dunyoni boshqaradi
(fizika, matematika, astronomiya sohasi)
2. Tabiat va inson
(kimyo, biologiya, zoologiya, geografiya, geologiya, seysmologiya, tibbiyot sohasi)
3. Tenika va IT texnologiyalarolami
(nanotexnologiyalar, muhandislik innovatsiyalari, sun’iy intellekt, robotlashtirish, asbobsozlik sohasi)
4. Jamiyat, tarix, madaniyat
arxeologiya, tarix, etnografiya, filologiya, iqtisodiyot, huquq, san’at
5. Faol yosh olima ayollar uchun
Talabgorlar o‘z loyihalarini 2025-yilning 21-iyuniga qadar @n_xoliqov telegram manziliga yuborishlari mumkin.
Batafsil ma’lumot: Universitet binosi 322 xona