Hurmatli talabalar!
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan “Eko-innovation – 2025” ko‘rgazmasi joriy yilning sentabr-oktabr oylarida o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmada ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalardan innovatsion ishlanma yoki loyiha bilan 2025-yil 22-mayga qadar ariza topshirish so‘raladi.
Loyihangiz haqida qisqacha tavsif va aloqa ma’lumotlarini @n_xoliqov telegram manziliga yuborishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot: Universitet binosi 322 xona