O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-135 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Tarix va madaniy meros kafedrasi professori M.Xidirov va dotsent S.Mannoyev tomonidan Toyloq tumani hokimligida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida tuman hokimligi mas’ullari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi. Tadbirda hududdagi madaniy meros obyektlarini asrash, ularni turizm maqsadida samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Davra suhbati yakunida tumanda turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini zamonaviy talablarga mos saqlash bo‘yicha qo‘shma reja ishlab chiqish va uni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.