“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2025/2026 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari (Navoiy, Islom Karimov) uchun nomzodlarni saralashning I-bosqichiga hujjatlar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi uchun barcha fanlari a’lo “5” baho bo‘lgan 4-bosqich bakalavriat talabalari;
Islom Karimov, Navoiy nomli davlat stipendiyalari uchun 25% yaxshi “4” baho, qolgan barcha fanlari a’lo “5” baho bo’lgan 3-4-bosqich bakalavriat talabalari qatnashish imkoniga ega.
2025/2026 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari (Navoiy, Islom Karimov) uchun nomzodlarni saralashning I-bosqichiga hujjatlar topshirish oxirgi sanasi 2025-yil 20-iyun.
Batafsil ma’lumot: Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi, 322 xona. tel: +99866 240 67 85