Sayt Test rejimda ishlamoqda
  • icon
  • icon
  • icon
  • icon
logo
  • Universitet
    • Universitet haqida
      • Universitet haqida
      • Ramzlar
      • Aloqa
    • Rektor tabrigi
      • Rektor tabrigi
    • Meyoriy hujjatlar
      • Universitet nizomi
      • O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
      • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari
    • Davlat ramzlari
      • Bayroq
      • Gerb
      • Madhiya
    • Vakansiya
  • Tuzilma
    • Rahbariyat
      • Rektor
      • Senat
      • Prorektorlar
    • Fakultetlar
      • Turizm menedjmenti
    • Kafedralar
      • Turizm menejmenti
      • Tarix va madaniy meros
      • “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi
      • Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi
    • Markaz va bo'limlar
      • Raqamli ta'lim texnologiyalari va masofaviy ta'lim markazi
      • Xodimlar bilan ishlash(HR) bo'limi
      • Kutubxona
      • Buxgalteriya
      • Qabul komissiyasi va marketing
      • Devonxona va arxiv
      • Ta'lim sifatini ta'minlash va akkreditatsiya bo'limi
      • Professional ta'lim muassasalari
      • PR va matbuot bo'limi
      • Komplayens nazorat bo'limi
  • Faoliyat
    • O'quv jarayonlari
      • Dars jadvali
      • Imtihon
      • O'quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish
      • Ofis registratori bo'limi
    • Ilmiy faoliyat
      • Ilmiy tadqiqotlar bo'limi
      • E-jurnal
        • E-jurnal
    • Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
      • Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirar bo'limi
      • Tyutorlar bo'limi
      • Psixologik xizmat
      • Sport mashg'ulotlari bo'limi
      • Xotin-qizlar bo'limi
    • Xalqaro aloqalar
      • Xalqaro grantlar va shartnomalar
      • Global ta'lim bo'limi
      • Xalqaro hamkorlik bo'limi
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • O'tkazilyotgan tadbirlar
  • Abituriyentlarga
    • Bakalavryat
      • Eslatma
      • Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat qabul qilish tartibi
      • Qabul kvotalari
      • Kirish imtihonlari
      • O‘tish ballari
    • Qabul
      • Qabul komissiyasi
    • Xorijlik abituriyentlarga
      • Qo'llanma
      • Stipendiyalar
      • Study in Uzbekistan
    • Magistratura
      • Nizom
      • Qabul kvotalari
      • Manzil
      • Qabul komissiyasi
  • Talabalarga
    • Bakalavriat
      • O'quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Stipendiyalar
      • Axloq kodeksi
      • Talabalar klublari
      • Kontrakt to'lovlari
    • Magistratura
      • O‘quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Kontrakt to'lovlari
      • Ro'yhatdan o'tish
    • TEDx
      • TEDx
    • Akademik taqvim
      • 2024/2025
    • Ekofaol talabalar
    • Tizimlar
  • Yangiliklar
    • Universitet yangiliklari
    • E'lonlar
    • Yuksak e'tirof
    • Yashil universitet
      • Yashil makon
      • Yashil universitet
    • Galereya
Oldingi sayt
logo
  • info@univ-silkroad.uz
  • +99866 240-67-68
shape
shape
shape

Batafsil ma'lumot

Home Batafsil ma'lumot
image

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bo‘limlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni ishga taklif qiladi

E’LON!

 

Lavozim nomi: Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha yetakchi mutaxassis.

Ma’lumot: Oliy (magistr, fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan).

Mutaxassislik: Turizm, Tarix, Marketing, Iqtisodiyot (TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi).

Mehnat staji: Ta’lim, ta’lim tarbiya sohasida kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi shart.

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilish. Ingliz tilidan IELTS 6,0 darajasidagi yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi CEFR B2 darajasidagi sertifikatga ega bo‘lish.

 

Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishhamda Internet tarmog‘ida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.

 

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha yetakchi mutaxassisning lavozimining faoliyat yo‘nalishi va vazifalari:

 

Ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni aniqlash, ularning tijoratbopligini baholash va tijoratlashtirish imkoniyatlarini o‘rganish;

Innovatsion loyihalarni iqtisodiy, huquqiy va texnik jihatdan tahlil qilishda ishtirok etish;

Ilmiy va innovatsion faoliyat natijalarini amaliyotga joriy etish va bozorga chiqarish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;

Innovatsion loyihalarni investorlarga, kompaniyalarga va boshqa manfaatdor tomonlarga taqdim etish va ular bilan hamkorlikni rivojlantirish;

Bozor talablari va zamonaviy texnologiyalar tendensiyalarini tahlil qilish asosida innovatsion yo‘nalishlarni belgilash;

Ilmiy ishlanmalar va texnologiyalar bazasini shakllantirish va yangilab borish;

Ixtirolar, patentlar va foydali modellarni tijoratlashtirish imkoniyatlarini ishlab chiqish;

Ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini moliyalashtirish uchun grant va investitsiya loyihalarini tayyorlash va ularni ilgari surish;

Tijoratlashtirish loyihalarining reja va dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

Mahsulot va texnologiyalarni sertifikatlashtirish, litsenziyalash va rasmiylashtirish jarayonlarida yordam ko‘rsatish;

Innovatsion ko‘rgazmalar, formlar va tadbirlarda ilmiy ishlanmalarni taqdim etish va targ‘ib qilish;

O‘z faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan barcha axborot va hujjatlarga kirish huquqiga ega bo‘lish;

O‘z vazifalarini bajarish uchun bo‘lim rahbariyati va boshqa bo‘limlardan zarur ko‘mak so‘rash va olish;

O‘rnatilgan tartibda budjet va budjetdan tashqari manbalardan moliyalashtiriluvchi universitet ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o‘qituvchi, yordamchi va ishlab chiqarish xodimlarini, doktorantlarni, talabalarni, hamda chetdagi tashkilotlar mutaxassislarini jalb etish va buyurtmachilarga oliy ta’lim muassasasi taqdim etadigan xizmatlarni ko‘rsatish;

Universitet intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha ishlarni bajaradi, jumladan patentlashtirish uchun talablarni tayyorlash, rasmiylashtirish va taqdim etish hamda intellektual mulk ob’ektlarini O‘zbekiston Respublikasida va xorijda qayd etadi;

Qonuniyatchilikda nazarda tutilgan intellektual mulk ob’ektlari mualliflari bilan shartnomalar tuzishni tayyorlaydi va ta’minlaydi hamda ularni bajarilishini nazorat qiladi;

Boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda universitet intellektual mulk ob’ektlariga huquqni uzatishni rasmiylashtirilish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;

Universitet olimlari tomonidan yaratilgan ishlanmalar va ilmiy tadqiqot faoliyati (ITF) natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, intellektual faoliyat natijalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;

ITF va innovatsion loyihalar natijalarini ilmiy-texnik, ilmiy-uslubiy va innovatsion potensiallarni ekspertizasini, tahlilini va baholashni tashkil etadi, eng muhim va raqobatdosh ishlanmalarni aniqlaydi;

innovatsion siklning barcha bosqichlarida ITF natijalariga huquqni uzatish va taqsimotini qamrab olgan holda intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqarishni amalga oshiradi; 

texnologiyalarni transfer etish sohasida, innovatsion loyihalarni biznes rejalarni tayyorlashda, ITF natijalarning huquqiy himoyasini ta’minlashda, potensial investorlarni izlashda konsultativ xizmatlar ko‘rsatadi; 

universitet intellektual mulk ob’ektlaridan noqonuniy foydalanish faktlarni aniqlaydi va ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni bartaraf etishga va keltirilgan zararni qoplashga yo‘naltirilgan takliflarni ma’muriyatga chora ko‘rish uchun kiritadi;

universitetning intellektual mulk ob’ektlariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda, hamda mualliflarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilishda ko‘maklashadi;

universitet xodimlari uchun intellektual mulk sohasida seminar-treninglar tashkil etadi;

universitet budjet loyihasiga kashfiyot va patent-litsenzion faoliyat bo‘yicha, innovatsion tadbirkorlik va texnologiyalar transferi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va kiritadi;

intellektual mulk ob’ektlardan foydalanish, ularni yaratish, himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni to‘g‘risida hujjatlarni ishlab chiqadi.

O‘z xizmat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tashabbuslar bilan chiqish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish;

Bo‘lim faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va ularning ijrosini talab qilish;

Innovatsion loyihalarni baholashda mustaqil fikr va xulosalar bildirish;

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni to‘g‘ri tahlil qilish, ularning tijorat qiymatini aniqlash va tavsiyalar berish uchun javobgar;

Tijoratlashtirish loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Innovatsion loyihalar bo‘yicha axborotlarning maxfiyligini ta’minlash;

O‘z vaqtida va sifatli hisobotlar, tahlillar va ma’lumotnomalarni tayyorlash uchun javobgarlik;

Mehnat intizomini, ichki mehnat tartib-qoidalari, jamoa shartnomasi va mehnat muhofazasi qoidalari, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

nomzodlarga quyidagilarni ta’minlaydi:

barqaror oylik maosh (ustama haqi mavjud);

istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati.

 

Ish tartibi: dushanbadan juma kuniga qadar.

Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha.

Dam olish kuni: shanba, yakshanba.

 

Hujjatlarni topshirish muddati: 2025-yil 9-iyun (shu kuni ham soat 18:00 ga qadar).

 

Nomzodlardan hr-dep@univ-silkroad.uz elektron manziliga va

 +99893 523-22-95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi so‘raladi:

Til bilish sertifikati.

Ma’lumotnoma va diplomlar.

Ma’lumot uchun telefon:

+998 66 240-67-73

+998 66 240-67-68


Share:   
Qidiruv
Oxirgi xabar
  • image
    2025-06-19
    #“Dolzarb 90 kun”
  • image
    2025-06-18
    Universitetda “Talaba qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etish holatlarining oldini olish” mavzusida tadbir o‘tkazildi
  • image
    2025-06-17
    Yozgi maktab Talabalar diqqatiga! Summer school (Yozgi maktab) da o’qish uchun ro’yxatdan o’tish boshlandi.
Tags
Ta'lim Ilmiy tadqiqotlar Texnologiyalar Talabalar hayoti Xalqaro hamkorlik Konferensiyalar Grantlar Innovatsiyalar Karyera Tadbirlar Yutuqlar Yangiliklar
shape
shape
shape
shape
shodow

Universitet

  • Haqida
  • Aloqa
  • Universitet yangiliklari
  • Eʻlonlar
  • Vakansiya

Biz bilan bog'laning

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

  • Ish vaqti:

    Dush - Jum: 09.00 - 18.00

  • Qoʻngʻiroq qiling:

    +99866 240-67-68

  • Pochta:

    info@univ-silkroad.uz

© Copyright «Silk Road» International University of Tourism and Cultural Heritage 2018-2024

  • Terms & Condition
  • uniRank.org