Версия для печати
Seshanba, 28 Sentyabr 2021 12:05

ShHT mamlakatlarida turizmni rivojlantirish muammolari va istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 28-sentyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm universitetida Хalqaro turizm kuniga bag‘ishlangan “ShHT mamlakatlarida turizmni rivojlantirishning muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro onlayn-konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasida ShHT Хalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti tomonidan tashkil etildi.

Konferensiyani Bosh vazir o'rinbosari, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov ochib berdi. U o'z nutqida ShHT davlatlari o‘rtasida turizmni tiklash masalalarini o‘z vaqtida muhokama qilish va yurtimizdagi ta’lim, sport va madaniy-gumanitar munosabatlarning tashkilot kun tartibidagi strategik ahamiyatiga alohida e'tibor qaratdi.

Konferensiyada Rossiya, Xitoy, Hindiston, Qozog'iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi davlatlar vakillari faol ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ShHTga a’zo davlatlarning madaniyat, ta'lim va turizm kabi gumanitar hamkorlikning ustuvor yo'nalishlaridagi ko‘p tomonlama aloqalarining rivojlanishini faol muhokama qilishdi. Uchrashuv davomida tomonlar pandemiyaning ShHT mamlakatlarida turizm sanoatini rivojlantirishga ta’sirini muhokama qilishdi, Xalqaro deklaratsiyalar va bitimlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Onlayn-uchrashuv yakunida ishtirokchilar postpandemik davrda turizm sohasini tiklash masalalarini hal etishda hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

O'qilgan 3531 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar