Версия для печати
Dushanba, 25 Mart 2024 10:47

Universitetimiz talabalari o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi 

Joriy yilning 25-mart kuni universitetimizning birinchi va uchinchi bosqich talabalari jamoalari o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarni sportga jalb qilish orqali jismoniy faolligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishdan iborat. Sport tadbirida jamoalar bor kuch-g‘ayratini ishga solgan holda bellashdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, g‘olib jamoa keyingi o‘yinda birinchi va to‘rtinchi bosqich talabalari jamoalari bilan bellashadi.

O'qilgan 42 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar