Версия для печати
Dushanba, 01 Aprel 2024 14:50

Universitetimizda “Chiqindisiz dunyo uchun" xalqaro kuni hamda 1-aprel “Xalqaro qushlar kuni”ga bagʻishlab aksiya tashkil etildi

1 aprel — Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan universitetda “Qushlarni asraylik” nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida universitet tyutorlari, bugungi kunda qushlarni asrab-avaylashda har bir yurtdoshimizning faolligi muhim ekanligi va ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham aholi, ayniqsa, yoshlarning qushlarga bo‘lgan munosabatini yanada yaxshilashga qaratilganligi xususida gapirildi.   

Ma’lumot o‘rnida 1 aprel – Xalqaro qushlar kuni jahonda har yili keng nishonlanadi. 1894 yildan ilk bora Amerika Qo‘shma Shtatlarida nishonlagan ushbu sanadan ko‘zlangan maqsad qushlarning turlari, ularning xilma-xilligi va sonini saqlab qolishdan iborat. Qushlar kuni sanasi YuNESKOning “Inson va biosfera” biologik dasturidan ham joy olgan.  

Shuningdek 30-mart kuni respublikamiz bo‘ylab “Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kuni” nishonlandi. Shu munosabat bilan, universitet talaba-yoshlari o’rtasida umumxalq tozalik (chiqindisiz) kuni tashkil qilinib, universitetga tutash hududlar, shuningdek markaziy ko‘chalar chiqindilardan tozalandi.

O'qilgan 106 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar