Версия для печати
Payshanba, 07 Dekabr 2023 16:26

Turizm bo‘yicha konferensiyada turizm sohasining yangidan yangi qirralariga to‘xtalib o‘tdi

Joriy yilning 7-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining “Chegarasiz dunyo” (Mir bez granis) xalqaro turizm hamkorlik assotsiatsiyasi, XXRning Xitoy sayyohlik xizmatlari assotsiatsiyasi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan ham hamkorlikda “ShHTga a’zo davlatlar hududlarida transchegaraviy turistik sayohatlar geografiyasini kengaytirish imkoniyatlari” mavzusida gibrid shaklida konferensiyada tashkil etildi. Ushbu  konferensiyada oliygohimizdan bir qator professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Konferensiyada “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidan xalqaro hamkorlik va reyting bo‘limi boshlig‘i Sardorbek Samaridinov “O‘zbekistondan turizm sohasini rivojlantirishda ta'limning o‘rni” mavzusida chiqish qildi. Sardorbek Samaridinov o‘z chiqishida bugungi kunda O‘zbekistonning xususan Samarqandning turizm sohasi bo‘yicha yangidan yangi qirralari mavjud ekanligi xususida gapirdi.

O'qilgan 354 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar