Версия для печати
Dushanba, 14 Noyabr 2022 16:52

Kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish yo‘lida 2022-yilning 10-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan onlayn o‘quv-seminari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5186 Qarorining 1-ilova 10.3-10.1-bandlarida keltirilgan “Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan muzey va kutubxona xodimlari uchun oʻzaro tajriba almashish, ilgʻor ish tarjibalarini ommalashtirish” hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 26-oktyabrdagi 43-sonli kengaytirilgan hay’at majlisi bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida respublika oliy ta’lim muassasalari Axborot-resurs markazi rahbarlari va xodimlari uchun onlayn o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘quv-seminar davomida universitet Axborot-resurs markazi ish jarayonida qo’llanib kelinayotgan Amerikaning “Atriuum Book Systems” kutubxona platformasida abonent va kitoblarni ro‘yxatga olish hamda taqdim etish jarayoni tushuntirib o‘tildi

O'qilgan 2084 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar