Graduate Students Actively Participated in the Students EXPO–2026 Fair
"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bitiruvchi kurs talabalari "Kelajakka qadam" dasturi doirasida tashkil etilgan Talabalar EXPO–2026 mehnat va ta'lim yarmarkasida faol ishtirok etdi. Mazkur yarmarka bitiruvchilarga turli korxona va tashkilotlarning ish beruvchilari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish hamda bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi.
Bunday tashabbuslar yoshlarning bandligini ta'minlash, ularning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishini qo‘llab-quvvatlash hamda oliy ta'lim va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. "Kelajakka qadam" dasturi esa bitiruvchilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha munosib ish topishiga ko‘maklashuvchi muhim platformalardan biri hisoblanadi.