Chorshanba, 01 May 2024 11:29

Universitetimizda xalqaro hamkorlik memorandumi doirasida xorijliklar uchun doktorantura dasturi yo‘lga qo‘yildi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Xitoyning Shanxay hamkorlik tashkiloti Iqtisodiyot va savdo akademiyasi bilan imzlolangan xalqaro hamkorlik memorandumi doirasida xorijliklar uchun doktorantura dasturi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 26-aprel sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektori professor Tong Qian Zouning tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu dastur doirasida Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlaridan 12 nafar ilmiy izlanuvchilar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining tayanch doktorantura (PhD), va mustaqil izlanuvchilik (PhD) shakllari bo‘yicha to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi.

Virtual tarzda o‘tkazilgan doktorantura dasturining ochilish marosimiga Xitoydagi qator universitetlar va davlat idoralaridan 80 dan ortiq nufuzli delegatsiyalar ishtirok etib, ushbu dasturga katta qiziqish bildirishdi.

Tadbir davomida xalqaro hamkorlik doirasida kelgusida tomonlar o‘rtasida xalqaro PhD dasturini rivojlantirish va ko‘lamini kengaytirish, uning sifati va qamrovini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.

 Ochilish marosimida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, prof. Dilmurod Nasimov, Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor prof. Tong Qian Zou hamda Xitoy-ShHT Iqtisodiyot va savdo akademiyasining prezidenti Zheng Shi ishtirok etdi va dastur doirasida o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarni tabrikladi. Tadbir davomida o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarga qabul sertifikatlari topshirildi.

O'qilgan 126 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar