Seshanba, 30 Aprel 2024 10:20

Universitetimiz Shandong xalqaro savdo kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Joriy yilning 26-aprel kuni madaniy almashinuv va akademik hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Shandong xalqaro savdo kasb-hunar kolleji rahbariyatidan iborat delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi. O‘zaro muloqot davomida hamkorlikda o'quv rejalarini ishlab chiqish, talabalar almashinuvi dasturlarini va ilmiy hamkorlik doirasidagi loyihalarni yaratish kabi muhim masalalar yuzasidan kelishib olindi. Bundan tashqari muloqot davomida talabalarning bilim tajribasini boyitish maqsadida akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilish borasida fikrlar yuritildi.

O'qilgan 62 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar