Payshanba, 11 Aprel 2024 16:28

Universitetimiz rahbariyati Shahrisabz turizm va madaniy meros texnikumi faoliyati bilan tanishdi

Joriy yilning 9-aprel kuni Shahrisabz turizm va madaniy meros texnikumiga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov boshchiligidagi mutasaddilar tashrif buyurdi.

Mutasaddilar ta’lim maskaninida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar,  moddiy-texnik bazasi va o‘quv amaliyot laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdi hamda texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan yaqindan muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida universitetimiz mutasaddilari va texnikum o‘qituvchilari ta’lim jarayonini yanada yaxshilash, turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlashdagi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.  

O'qilgan 200 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar